Samarqandda malaka oshirish seminari, 12-15-noyabr [fr] [ru]

Fransiya elchixonasining madaniyat va hamkorlik bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash respublika markazi bilan hamkorlikda 12-15-noyabr kunlari gidlar, turizmga ixtisoslashgan fransuz tili o‘qituvchilari hamda talabalar uchun malaka oshirish seminarini tashkil etdi.

Ushbu seminar Samarqand Davlat universiteti qoshidagi akademik litseyda bo‘lib o‘tdi. Ta’bir joyizki, yangi tashkil etilgan «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti ayni paytda ushbu litsey binosida vaqtinchalik faoliyat yuritmoqda.

50 nafarga yaqin tinglovchi ishtirok etgan seminarni Bezanson amaliy tilshunoslik markazidan kelgan fransuz tilini chet tili sifatida oʻqitish metodikasi hamda sanʼat tarixidan mutaxassis Paskal Brune olib bordi. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida katta ahamiyat kasb etib turgan bir paytda bo‘lib o‘tgan ushbu seminarda asosiy e’tibor islom san’ati bo‘yicha bilimlarni mukammallashtirishga, shuningdek, sayyohlik gidlarining kasbiy malakalarini oshirishga qaratildi.

Formation pour les guides à Samarkand
Formation pour les guides à Samarkand
Formation pour les guides à Samarkand
Formation pour les guides à Samarkand
Formation pour les guides à Samarkand
Formation pour les guides à Samarkand

publie le 16/11/2018

hautdepage