Samarqanddagi 43-son o‘rta ta’lim maktabiga Lyusyen Keren nomi berildi [fr] [ru]

Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim Samarqanddagi 43-son o‘rta ta’lim maktabiga Lyusyen Keren nomi berilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanada ishtirok etdi. Marosimda Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «Fransiya-O‘zbekiston» do‘stlik guruhi raisi, Inson huquqlari milliy markazi direktori Akmal Saidov, Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov, 43-maktab direktori Yelena Kompolshiklar ham qatnashdi.

Akmal Saidov Temuriylar san’ati va tarixi uyushmasi asoschisi, Amir Temur biografiyasini yozgan va Samarqandning Fransiyada tanilishiga katta hissa qo‘shgan Lyusyen Keren haqida gapirib berdi.

Keyin elchi xonim so‘z olib, chet tillarni o‘rganishning tafakkurni rivojlantirishda, dunyoni tanishda va komil inson bo‘lib yetishishda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Bir nechta xorijiy tillarni o‘rganish o‘quvchi va talabalarda bilim olishga bo‘lgan iqtidorlarini oshiradi. Bir tilni mukammal o‘rganish, ikkinchi bir tilni o‘rganishda katta ko‘mak beradi.

Fransuz tilini o‘rganish O‘zbekiston yoshlari uchun ta’lim va karyerada keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Fransuz tilini o‘rganib, ilmiy-texnik, yuridik, turizm yoki boshqa sohalarda fransuz ta’lim muassasalariga kirib tahsil olish va keyin O‘zbekistonga qaytib ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka hissa qo‘shib kelayotgan korxonalarda xizmat qilishlari mumkin.

Violen de Vilmor xonim 43-maktab o‘quvchilarining elchixona tomonidan tashkil etiladigan Frankofon teatr festivalida faol ishtirok qilib kelishlarini eslab o‘tdi va kelasi yil respublika miqyosida fransuz tili bo‘yicha tanlov o‘tkazilishini e’lon qildi. Tanlov g‘oliblariga ajoyib sovg‘alar taqdim etiladi. Agar ular ta’tillar paytida Fransiyaga yozgi maktablarga borib o‘qib kelish istagida bo‘lsalar, yengilliklar yaratib berish ham ko‘zda tutiladi.

Cérémonie d'attribution du nom de Lucien Kehren à l'Ecole 43 de Samarkand, spécialisée en français
Cérémonie d'attribution du nom de Lucien Kehren à l'Ecole 43 de Samarkand, spécialisée en français
Cérémonie d'attribution du nom de Lucien Kehren à l'Ecole 43 de Samarkand, spécialisée en français

publie le 08/10/2018

hautdepage