Sanofi kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining 20 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan seminar [fr] [ru]

Fransiyaning O‘zbekistondagi Elchisi Violen de Vilmor xonim Sanofi kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan seminarda ishtirok etdi.

Dunyoda beshinchi o‘rinda turadigan va 64 ta mamlakatda faoliyat yuritadigan Sanofi farmasevtik kompaniyasi O‘zbekistonda mazkur sohada 20 yildan ortiq uzluksiz faoliyat olib borayotgan birinchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya 2016-yilning oxirida sovutish tarmog‘ini ishga tushirgan va unda 62 kishi faoliyat ko‘rsatadi. Kompaniya O‘zbekistonda vaksinalar, xususan, vaksinalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turuvchi Sanofi-Pasteur vaksinalari, o‘g‘ir kasalliklarga (masalan, tromboz) yoki boshqa yengil turdagi kasalliklarga qarshi dori vositalarini (Maalox, Dépakine, Essential…) tarqatadi.

Fransiyaining Servier va Innotech kabi boshqa farmasevtik kompaniyalari ham O‘zbekistonda faoliyat olib bormoqda va ular ham seminarda ishtirok etdi.

Elchi xalqaro klinik tadqiqotlarning 10 foizi amalga oshirilgan Fransiyaning tadqiqotlar va rivojlanish bo‘yicha siyosatining ahamiyatini eslatib o‘tdi. 1907-yildan buyon fransiyalik tadiqiqotchilar fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha 13 ta Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.

Farmasevtika sanoatini rivojlantirish uzoq muddatga mo‘ljallangan investitsiya hisoblanadi. Sanofi kompaniyasi qoshidagi Paster instituti uning asoschisi Lui Paster tomonidan dunyoda quturishga qarshi birinchi vaksina yaratilgan XIX asr oxiridan buyon barcha turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashib kelmoqda. Paster instituti 1983-yilda birinchi bo‘lib OITS virusini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan.

Molekulyar tadqiqot, xulosalash, klinik sinov va bozorga chiqarish jarayoni uzoq va tavakkalli hisoblanadi. U kimyo, genetika, statistika sohalaridagi tadqiqotchilar jamoalarini talab qiladi, keyin esa klinik sinovlarni amalga oshirib, ruxsatnomalarni olish va shifokorlarni, dorixonachilarni foydalanish va tarqatish shartlari yuzasidan o‘qitish kerak.

Elchi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida sohadagi shaffoflikni taminlashga imkon beruvchi Farmasevtika sohasini rivojlantirish agentiligi tuzilganini yuqori baholadi. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan monetar va bojxona islohotlariga hamda investitsiyalarni rivojlantirish va intellektual mulkni muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan choralarga yuqori baho berildi.

publie le 17/07/2018

hautdepage