Savitskiy muzeyida Fransua Posh fotosuratlari ko‘rgazmasi (21-yanvar – 20-aprel 2016-yil)

Joriy yilning 21-yanvaridan 20-apreligacha Nukus shahridagi Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida fransiyalik fotosuratchi Fransua Posh tomonidan suratga olingan O‘zbekiston tarixiy yodgorliklarining yirik hajmdagi fotosuratlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Dordon departamenti Bosh kengashi ko‘magi bilan amalga oshirilgan mazkur ko‘rgazma dastlab Shahrisabzdagi Оqsarоyda, so’ngra Toshkentdagi Fransiya elchixonasi panjaralarida, keyinchalik esa VII Xalqaro fotobiennale munosabati bilan qo‘hna Buxoro Arkida namoyish etilgan.

publie le 20/01/2016

hautdepage