Schneider Electric kompaniyasi vakolatxonasining Toshkentda ochilishi [fr] [ru]

Energiya va avtomatika sohasida dunyoning tajribali kompaniyasi Schneider Electric O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi. Muassasa Toshkent shahrida joylashgan. O‘z hamkorlari bilan birgalikda kompaniya « Energo Systema NVA » MChJda yuqori va past kuchlanishli elektroshitlarni yig‘ish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi.

Ochilish marosimi chog‘ida O‘zbekiston iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari Botir Usmonov hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor xonim mamlakatning raqamli rivojlanishi yuzasidan o‘z nuqtai nazarlarini bildirib o‘tdilar.

Schneider Electric kompaniyasi rahbarlari, o‘z navbatida, natijalar, rivojlanish bo‘yicha loyihalar va O‘zbekistonda energetika, neft va gaz, transport, sanoat va qurilish sohalarini yanada samarali rivojlantirishga xizmat qila oladigan yechimlarni taqdim etdi.

Tadbir davomida mehmonlar va O‘zbekistonning yirik kompaniyalari, xususan O‘zbekenergo, O‘zbekneftegaz, O‘zkimyosanoat, Tashkent City, Beeline, UzAtom vakillari Schneider Electric’ning hamkorlaridan biri bo‘lgan ENERGO SYSTEMA NVA kompaniyasining ishlab chiqarish hududiga tashrif buyurdi. Kompaniya Schneider Electric’ning yuqori va past kuchlanishli qurilmalarini ishlab chiqarmoqda. Bu yechimlar Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati, Discover Invest, TMZ, O‘zbektelekom, NavoiyAzot va Maksam Chirchiq kompaniyalarida sinovdan o‘tkazib ko‘rilgan.

Schneider Electric kompaniyasining mas’ullari va O‘zbekiston iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev marosimdan bir kun oldin uchrashuv o‘tkazdi.

Mme Violaine de Villemeur, ambassadeur de France

publie le 01/08/2019

hautdepage