Senator Joelle Garriaud-Maylamning O‘zbekistonga tashrifi

Xorijda yashovchi fransuzlar nomidan saylangan senator, Fransiya Senati Tashqi ishlar va mudofaa qo‘mitasi kotibi, Ayollar huquqlari, erkaklar va ayollar o‘rtasida imkoniyatlar tengligi masalalari bo‘yicha delegatsiyasi raisi o‘rinbosari, Senatda «Fransiya – Markaziy Osiyo» do‘stlik guruhi a’zosi Joelle Garriaud-Maylam 17-21-may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida J. Garriaud-Maylam O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi S. Safoyev hamda senator S. Baratovalar bilan uchrashdi. Ikki hafta ichida senatorlar ikki marotaba uchrashdilar, zero S. Safoyev boshqa o‘zbekistonlik senatorlar bilan birgalikda iyun oyining boshida Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonda ikki palatali parlament tizimini yanada mustahkamlash va mahalliy Kengashlar bilan aloqalarni rivojlantirish» loyihasi doirasida Fransiyaga tashrif buyurgan edi. Tomonlar Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar, jumladan, parlamentlararo aloqalar yuqori darajada ekanligini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Uchrashuvda ko‘plab xalqaro va mintaqaviy masalalar ham muhokama qilindi.

Senator Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari D. Hakimov bilan ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish uchun uchrashdi. Bundan tashqari, J. Garriaud-Maylam O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutida uchrashuvlar o‘tkazdi. Tomonlar, jumladan, Fransiyaning tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

J. Garriaud-Maylam Toshkentda Fransuz alyansi (AFT) ochilishi munosabati bilan o‘z xursandchiligini izhor etdi va AFT raisi Sh. Minovarov hamrohligida uning binosiga tashrif buyurdi. Senator Toshkentdagi Fransuz maktabida ham bo‘lib, uning mavqeyi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Senator O‘zbekistonga tashrifini tarixiy shaharlar: Samarqand va Buxoroda davom ettirdi.

publie le 17/07/2015

hautdepage