Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik : Fransiyaga safar [fr] [ru]

5-13-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi shoshilinch tibbiy yordam tizimini o‘rganish uchun Fransiyaga safar qildi.

Ushbu safar mobaynida Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda shoshilinch tibbiy yordam xizmati mutasaddilari Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari bilan fikr almashish, Shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga (SAMU), Parij va Lyon shaharlarida bir qator kasalxonalarga tashrif buyurib, ular faoliyati bilan tanishish, sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat va xususiy korxonalar vakillari bilan, shuningdek, Fuqaro mudofaasi bo‘yicha hokimiyat boshqarmasi vakillari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Fransiyalik mutaxassislar o‘zbek delegatsiyasi salohiyatini yuqori baholashdi.

Mazkur safar O‘zbekistonda ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutuvchi BMT va Butunjahon banki dasturlari doirasida amalga oshirildi.

publie le 28/02/2018

hautdepage