Sport menejmenti bo‘yicha seminar [fr] [ru]

Sport sohasidagi hamkorlik dasturlari doirasida, Fransiya elchixonasi O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 7-10-oktabr kunlari universitetning magistraturasi talabalari hamda o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan sport menejmenti mavzusida seminar-trening tashkil etdi.

Ushbu seminarni o‘tkazish uchun Fransiyadan sport menejmenti bo‘yicha mutaxassis, professor Gari Tribu taklif etildi. Janob Tribu seminar uchun universitetda yaratib berilgan shart-sharoitdan hamda talabalarning bilim darajasidan juda mamnun bo‘lganligini bildirdi.

publie le 17/10/2019

hautdepage