Sport sohasida O‘zbekiston-Fransiya aloqalari rivojlanmoqda

2015-yil 14-martda Fransiyaning Sent-Sipriyen shahrida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha VI xalqaro turnirda yosh o‘zbek sportchilari 8 ta medal yutib olishdi. G‘oliblar safida Bobur Sharifjonov, Jayhulbek Nazarov, Rahmatulla Qosimov (oltin medal), Dilshod Bahodirov, Mirshod Rahmonov, Azizbek Ashurov (kumush medal), Islombek Ravshanqulov, Muhammadali Mamanazarovlar (bronza medal) bor. Fransiya elchixonasi o‘zbek dzyudochilarini muvaffaqiyatlari bilan muborakbod etadi.

2015-yil 1-9-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘spirinlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatida Fransiya qilichbozlik federatsiyasining (FQF) delegatsiyasi ham ishtirok etadi. FQF bosh kotibi Katrin Defolini boshchiligidagi delegatsiya tarkibida o‘ttizga yaqin yosh sportchilar bor.

publie le 27/03/2015

hautdepage