Stefan Dyuduanyon bilan uchrashuv (26-sentabr kuni soat 15.00 da) [fr] [ru]

Yevropa tillari bayrami munosabati bilan Fransiya elchixonasi Аlisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasida fransiyalik tadqiqotchi, Cho’lponning "Kecha va kunduz" romanining fransuz tiliga tarjimoni Stefan Dyuduanyon bilan uchrashuv tashkil etmoqda.

Uchrashuvda Stefan Dyuduanyon O’zbekiston tarixi va madaniyati, jumladan, jadidchilik harakati hamda Cho’lpon hayoti va ijodi to’g’risida ma’ruza qiladi.

Ma’ruza 26-sentabr kuni soat 15.00 da O’zbekiston milliy kutubxonasining "Jahon" o’quv zalida bo’lib o’tadi. Ma’ruza rus tilida.

Kutubxonaga kirish shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma yoki pasport bilan.
Sizni Stefan Dyuduanyon ma’ruzasida kutib qolamiz.

M. Stéphane Dudoignon, directeur de recherche au CNRS, traducteur du roman « Nuit » de l'écrivain ouzbek Abdulkhamid Tchulpan
Traduction en français du roman « Nuit » de l'écrivain ouzbek Abdulkhamid Tchulpan

publie le 27/09/2018

hautdepage