T. Marianining Toshkentga tashrifi

Fransiya bilan O`zbekiston o`rtasida diplomatiya munosabatlari o`rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan Fransiyaning transport vaziri Tyerri Mariani joriy yilning 17-fevral kuni Toshkent shahriga tashrif buyurdi va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Janobi Oliylari Islom Karimov tomonidan qabul qilindi. T.Mariani Prezident I.Karimovga Fransiya Prezidenti Nikolya Sarkozining maktubini taqdim etdi.

Vazir T.Mariani Prezident I.Karimov bilan bo`lgan uchrashuvda Fransiya va O`zbekiston munosabatlarining yuksalishi hamda ularning rivojlanish istiqbollarini qayd etdi.

Janob T. Mariani va unga hamrohlik qilgan delegatsiya Fransiya elchisi qarorgohida bo`lib o`tgan qabul marosimida O`zbekistondagi Fransiya hamjamiyati vakillari bilan uchrashdilar.

JPEG

2012-yil 20-fevral

publie le 20/02/2012

hautdepage