Ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida hamkorlik [fr] [ru]

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qoshidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig’i Ulug’bek Toshkenboyev so’roviga ko’ra 15-may kuni Fransiya elchixonasi tashabbusi bilan Fransiya xalq ta’limi nazoratchisi Jorj Alzina Davlat inspeksiyasi xodimlari bilan uchrashdi.

Janob Alzina Fransiya ta’lim tizimi, ta’lim sifatini nazorat qilish masalalari yuzasidan taqdimot qildi, xodimlarni qiziqtirgan savollarga, xususan, Fransiyada maktabgacha ta’lim tizimi borasidagi savollarga javob berdi. Fransiyada maktabgacha ta’lim dasturlarining afzalliklarini, ayniqsa, bu dasturlarning bolalarda ijtimoiy hayot ko’nikmalarini, bilim olishni, nutqni rivojlantirishga qaratilganligini alohida ta’kidladi.

M. Alzina (au centre)

publie le 18/05/2018

hautdepage