Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi bilan uchrashuv

Shu yilning 3-mart kuni Fransiya elchisi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan xalqaro Parij anjumanida (COP21) O’zbekistonning ishtiroki va anjuman doirasida Orol dengizi muammolariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etish loyihasi muhokama etildi. Darhaqiqat, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasining Gidrometeorologiya hizmati markazi bilan birgalikda COP21 anjumanida O‘zbekiston qo‘shadigan hissasini tayyorlash ishlariga safarbar etilgan.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda ekosayyohlikni ravojlantirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Elchi bu borada O‘zbekiston juda katta imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidladi. Davlat qo‘mitasi raisi bu dolzarb masala ekanligini ma’qulladi va iqtisodiy jihatdan istiqbolli bo‘lgan ushbu sohani rivojlantirishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

JPEG

publie le 16/03/2015

hautdepage