Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr festivali munosabati bilan qabul marosimi (15-april)

Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari ko‘magi bilan O‘zbekiston yoshlar teatrida Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan I Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr festivali munosabati bilan Fransiya elchisi o‘z qarorgohida qabul marosimi o‘tkazdi.

Elchi janoblari Urganch, Buxoro, G‘ijduvon, Samarqand, Qarshi, Mingbuloq, Andijon, Olmaliq va Toshkentdagi ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan fransuz tili o‘qituvchilari, o‘quvchilar va talabalarni ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur festivalda ishtirok etayotganliklari bilan olqishladi. Jak-Anri Els mazkur festival bundan keyin elchixonaning fransuz tilini targ‘ib etish yo‘lidagi muntazam o‘tkazib keladigan tadbirlaridan biri bo‘lib qolishini tiladi.

publie le 28/04/2016

hautdepage