Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr festivali: talaba va o‘quvchilarga tasanno! [fr] [ru]

Urganch, Buxoro, G‘ijduvon, Mingbuloq, Andijon, Qarshi, Samarqand, Olmaliq va Toshkentdagi ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan o‘quvchilar va talabalarning 17 ta teatr truppasi 15-16-aprel kunlari O‘zbekiston yoshlar teatri bilan hamkorlikda Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr festivalida ishtirok etishdi.

Festivalning ikkala kuni ham jo‘shqin, bayramona ruhda o‘tdi. Ko‘plab fransuz tili ixlosmandlari shanba kuni Fransiya elchisi tomonidan g‘oliblarni “Molyer”lar bilan taqdirlash marosimida ishtirok etishdi. Marosimda hakamlar eng yaxshi deb topgan truppalar tomoshabinlar e’tiboriga o‘z sahna asarlarini taqdim etishdi. Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar teatri aktyorlari Jan Anuy qalamiga mansub “So‘fito‘rg‘ay” spektaklidan bir parchani ijro etishdi. Ushbu spektaklni Komila va Obid Abdurahmonovlar festival uchun maxsus sahnalashtirishgan.

2016-yilgi festival g‘oliblari

12-15 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktrisa: Komila Umurova, 51-maktab, Toshkent
12-15 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktyor: Temur Ahmedov, 51-maktab, Toshkent

15-18 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktrisa: Dinara Bekpo‘latova, UrDU qoshidagi 2-son akademik litsey, Urganch
15-18 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktyor: Islom Murtazoyev, BuxDU qoshidagi 1-son akademik litsey, Buxoro

18-22 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktrisa: Malika Murodova, Qarshi Davlat universiteti
18-22 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktyor: Nordirbek Ummataliyev, Urganch Davlat universiteti

Eng yaxshi ko‘rinish (sahna bezagi, chiroq, musiqa, liboslar) uchun Molyer: Samarqand shahar 43-maktab truppasi, «Samar va Qand rivoyati»
Eng yaxshi postanovka uchun Molyer: Andijon Davlat universiteti truppasi, Molyerning «Zo‘raki tabib» spektaklidan parcha
Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti: Toshkent shahar 196-maktab, Rahmat Fayziyning «Sen yetim emassan» romanidan parcha
Eng yaxshi sahna asari uchun Molyer: O‘zbekiston Davlat jahion tillari universiteti truppasi, «G‘aroyibotlarga boy kun yoki Figaroning uylanishi» (Bomarshe)

L'ambassadeur, M. Jacques-Henry Heuls

publie le 28/04/2016

hautdepage