Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr va ashula festivali: haqiqiy muvaffaqiyat! [fr] [ru]

Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Toshkent viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri talabalari va o‘quvchilarining 34 jamoasi 15-17-mart kunlari III Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr va ashula festivalida ishtirok etishdi. Ushbu festival Fransiya elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Davlat yoshlar teatri bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Teatr rejissyori va aktyori Obid Abdurahmonov, rassom Inna Sandler, elchixona ta’lim hamkorligi attashesi Sofi Jindt hamda fransuz rejissyori va aktyori Natali Koniolardan iborat hakamlar hay’ati qarori asosida jamoalar va eng yaxshi aktyorlar 11 ta Molyer bilan taqdirlandi.

Festivalning yopilish marosimida tomoshabinlar eng yaxshi spektaklni, shuningdek, Natali Konio Yoshlar teatri artistlari bilan birga Mixail Bulgakovning “Taqvodorlar isyoni”, “Molyer afandi” hamda Molyerning “Tartyuf” asarlari asosida sahnalashtirgan spektaklni tomosha qilishdi.

Bu yilgi festivalda 300 nafardan oshiq talabalar, o‘quvchilar va ularning fransuz tili o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Yosh artistlarga hamda ularning o‘qituvchilariga bu yil ham yana bir bor bizga ajoyib festival taqdim etishganlari uchun tasannolar aytamiz!

2018-yilgi g‘oliblar:

1. 12-15 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktrisa: Aziza Habibova, Buxoro shahar 39-maktab 3-sinf o‘quvchisi
2. 12-15 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktyor: Nazarbek Rajabov, Vobkent tumani 14-maktab 5-sinf o‘quvchisi
3. 15-18 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktrisa: Shahzoda Alavitdinova, Toshkent shahar 51-maktab 9-sinf o‘quvchisi
4. 15-18 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktyor: Murod Ahmadov, G‘ijduvon tumani 6-maktab 8-sinf o‘quvchisi
5. 18-22 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktrisa: Malika Murodova, Qarshi Davlat universiteti 3-bosqich talabasi
6. 18-22 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktyor: Ilhom Sheraliev, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti 2-bosqich talabasi
7. Eng yaxshi ko‘rinish (sahna bezagi, chiroq, musiqa, liboslar) uchun Molyer: Samarqand Davlat chet tillar instituti jamoasi, «Daraxt o‘tqizayotgan odam» spektakli uchun
8. Eng yaxshi postanovka uchun Molyer: O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti jamoasi, «G‘ayriinsoniy baxt» spektakli uchun
9. Eng yaxshi ashula uchun Molyer: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi
10. Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti: Bo‘stonliq tumani 19-maktab jamoasi, «Men yoshman» spektakli uchun
11. Eng yaxshi sahna asari uchun Molyer: O‘zbekiston Davlat jahion tillari universiteti qoshidagi akademik litsey jamoasi, «Ajoyib davr» spektakli uchun

publie le 19/04/2018

hautdepage