Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr va ashula festivali: haqiqiy muvaffaqiyat! [fr] [ru]

Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qarchi, Farg‘ona, Andijon, Urgench, Jizzax, Bo‘stonliq, G‘ijduvon, Parkent, Vabkent, Markhamat, Dehqonobod, To‘raqo‘rg‘on va Yuqorichirchiq talabalari va o‘quvchilarining 39 jamoasi 14-16-mart kunlari IV Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr va ashula festivalida ishtirok etishdi. Ushbu festival Fransiya elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Davlat yoshlar teatri bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Teatr rejissyori va aktyori Obid Abdurahmonov, fransuz tili o‘qituvchisi Yuliya Mrachkovskaya, elchixona ta’lim hamkorligi attashesi Sofi Jindt hamda fransiyalik stajor Rafael Luve dan iborat va elchixona madaniyat va hamkorlik ishlari bo‘yicha maslahatchisi Emili Dezormier xonim boshchiligidagi hakamlar hay’ati qarori asosida jamoalar va eng yaxshi aktyorlar 11 ta Molyer bilan taqdirlandi.

Bu yilgi festivalda 265 nafar talaba va o‘quvchilar, 78 nafar ularning fransuz tili o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Yosh artistlarga hamda ularning o‘qituvchilariga bu yil ham yana bir bor bizga ajoyib festival taqdim etishganlari uchun tasannolar aytamiz!

2019-yilgi g‘oliblar:

1. 6-10 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktrisa: Tamanno Kamalova, Farg‘ona shahar « Logos » xususiy maktabining 4-sinf o‘quvchisi
2. 11-18 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktrisa: Sharapat Sindibayeva, Yuqorichirchiq tumani 24-maktab 8-sinf o‘quvchisi
3. 18-22 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktrisa: Zarina Aliyeva, Bukhoro Davlat universiteti, birinchi bosqich talabasi
4. 6-10 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktyor: Akbar Hayitboyev, Toshkent shahar 196-maktab 3-sinf o‘quvchisi
5. 11-18 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktyor: Artem Atabayev, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litsey 2-bosqich talabasi
6. 18-22 yoshli ishtirokchilar ichida eng yaxshi aktyor: Otaxon Normetov, Urgench davlat universiteti talabasi
7. Eng yaxshi sahna asari uchun Molyer: Samarqand Davlat chet tillari instituti jamoasi, «Aksu – oq suv haqidagi afsona» spektakli uchun
8. Eng yaxshi postanovka uchun Molyer: Toshkent shahri 51 maktab jamoasi, «Erkinlikning bahosi» spektakli uchun
9. Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti: G‘ijduvon 6-maktab jamoasi, «SAM» spektakli uchun
10. Eng yaxshi dramaturgik adaptatsiya uchun Molyer : Bo‘stonliq tumani 19-maktab jamoasi, «Men migrantman» spektakli uchun
11. Eng yaxshi ashula uchun Molyer: Gulnoz Marupova, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, to‘rtinchi bosqich talabasi.

publie le 25/03/2019

hautdepage