Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr va ashula festivali yosh talantlarni kashf etdi! [fr] [ru]

Andijon, Xorazm, Farg‘ona, Namangan, Qarshi, Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri talabalari va o‘quvchilarining 27 jamoasi 5-6-may kunlari II Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr va ashula festivalida ishtirok etishdi. Ushbu festival Fransiya elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Davlat yoshlar teatri bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Teatr rejissyori va aktyori Obid Abdurahmonov, rassom Inna Sandler va elchixona til hamkorligi attashesi Frederik Viyyomlardan iborat hakamlar hay’ati qarori asosida jamoalar va eng yaxshi aktyorlar 11ta Molyer bilan taqdirlandi. Mukofotlar tomoshabinlar bilan to‘la teatr zalida Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim tomonidan g‘oliblarga topshirildi. Festivalning yopilish marosimida tomoshabinlar eng yaxshi spektakllarni, shuningdek, Yoshlar teatrining ajoyib aktrisasi Shahzoda Valiyeva mahorat bilan ijro etgan «Men – Edit Piaf» spektaklidan parchani tomosha qilishdi.
Bu yilgi festivalda 200 nafardan oshiq talabalar, o‘quvchilar va ularning fransuz tili o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Yosh artistlarga hamda ularning o‘qituvchilariga bu yil ham yana bir bor bizga ajoyib festival taqdim etishganlari uchun tasannolar aytamiz.

2017-yilgi g‘oliblar :
Maktab o‘quvchilari orasida eng yaxshi aktrisa: Toshkent shahar 51-son o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Muhsina Zokirova
Maktab o‘quvchilari orasida eng yaxshi aktyor: Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani 19-son o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari Shohruh To‘lqinov va Shahriddin Rixsimov
Litsey-kollej o‘quvchilari orasida eng yaxshi aktrisa: Qarshi shahridagi Nuriston akademik litseyi o‘quvchisi Iqbol Hayitova
Litsey-kollej o‘quvchilari orasida eng yaxshi aktyor: Namangan viloyati Mingbuloq agrosanoat kolleji o‘quvchisi Jahongir Turdiyev
Talabalar orasida eng yaxshi aktrisa: Qarshi Davlat universiteti talabasi Malika Murodova
Talabalar orasida eng yaxshi aktyor: Buxoro Davlat universiteti talabasi Mironsho Xoliqov
Eng yaxshi postanovka (sahna bezagi, chiroq, musiqa, liboslar) uchun Molyer: O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti jamoasi «Dvoryanlikdagi meshchanin» spektakli uchun
Eng yaxshi insenirovka uchun Molyer: Urganch Davlat universiteti jamoasi «Uch mushketyor» spektakli uchun
Eng yaxshi ashula uchun Molyer: Andijon Davlat universiteti jamoasi «Motsart, Opera rok» spektakli uchun
Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti: G‘ijduvon tumani 6-son o‘rta ta’lim maktabi jamoasi «Betob qirol» spektakli uchun
Eng yaxshi sahna asari uchun Molyer: Urganch Davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey jamoasi «Kichkina shahzodaning yerga qaytishi» spektakli uchun

JPEG

publie le 15/05/2017

hautdepage