Talabalar va o‘quvchilar uchun frankofon teatr va ashula festivali, Toshkent, 2018-yil 15-17-mart [fr] [ru]

Fransuz tili o‘qituvchisi bo‘lsangiz, o‘quvchilaringiz bilan teatr va ashula shaydosi bo‘lsangiz, bizning frankofon teatr va ashula festivalimizda ishtirok eting. Quyida festival qoidalari bilan tanishing va yozilish varaqasini to‘ldirib, 15-fevraldan kechiktirmasdan bizga jo‘nating.

Fransiya elchixonasi 2018-yilning 15-17-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent fransuz alyansi, O‘zbekiston yoshlar teatri hamda Ilhom teatri bilan hamkorlikda III Talabalar va o‘quvchilar uchun frankofon teatr va ashula festivalini o‘tkazadi.

Bu yilgi festivalga taklif qilingan faxriy mehmonimiz marsellik rejissor va aktrisa Natali Konio-Toven festivalga hakamlik qilish bilan birga 15-mart kuni Ilhom teatrida o‘z spektaklini namoyish etadi.

Quyidagi havolada 2017-yil o‘tkazilgan frankofon teatr va ashula festivalidan tayyorlangan videoklipni tomosha qilishingiz mumkin!

Festival qoidalari
Yozilish varaqasi

publie le 13/03/2018

hautdepage