«Teatr monologi» tanlovi [fr] [ru]

Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqi tashabbusi bilan 45 mamlakatka nishonlanadigan Yevropa tillar bayrami 2019 munosabati bilan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining madaniy va texnik hamkorlik bo‘limi «Teatr monologi» tanlovini o‘tkazadi. Tanlovda ishtirok etuvchilar fransuz dramaturgi Remi De Vos qalamiga mansub «Bizni o‘lim ajratguncha» spektaklidan olingan monologni ifodali o‘qishlari kerak.

Tanlov natijalari O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida 20-sentabr kuni Yevropa davlatlari elchixonalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Yevropa tillar bayramida e’lon qilinadi.

Agar yoshingiz 18 va 30 oralig‘ida bo‘lsa, ushbu tanlovda ishtirok eting va ko‘plab sovg‘alarni yutib oling!

Tanlov qoidalari bilan tanishib chiqing, yozilish varaqasini to‘ldirib, monologingizni bizga 2019-yil 16-sentabrgacha yuboring.

Tanlov qoidalari - PDF - 423.6 kb

Yozilish varaqasi - Word - 567.8 kb

PNG

publie le 30/08/2019

hautdepage