Teatr monologi tanlovi g‘oliblari [fr] [ru]

2019-yil Yevropa tillari kuni doirasida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat va texnik hamkorlik bo‘limi "Teatr monologi" tanlovini e‘lon qildi. Ishtirokchilar Remi De Vosning "O‘lim bizni ajratguncha" spektaklidan olingan uchta monologdan birini ifodali o‘qib, videotasvirni yuborishlari kerak edi.

Yuborilgan 15 ta videotasvirlar Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi rasmiy Youtube kanaliga yuklandi.

Elchixona va fransuz maktabi xodimlaridan tashkil topgan jyuri ikki g‘olibni tanlab berdi.
Youtube kanalidagi videolar orasidan eng ko‘p layk olgan tanlov qatnashchisi, uchinchi g‘olib deb topildi.

15 nafar ajoyib qatnashchi orasidan Shveytsariya elchixonasi va Toshkent fransuz alyansi ham o‘z g‘oliblarini tanladilar.
Barcha g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Fransiya elchixonasidan laureatlarga XXI asrning kitobi deb hisoblangan elektron kitob o‘qish uskunasi sovg‘a tariqasida topshirildi.

Toshkent Gyote instituti, o‘z navbatida, Faustdan monologlarni ifodali o‘qigan laureatlarga mukofotlar topshirdi.

Kamera oldida “Teatr monologi” tanlovining qiyin shartini mukammal bajargan barcha g‘oliblarni yana bir bor tabriklaymiz!

G‘oliblar ro‘yxati:

Fransiya elchixonasi sovrini g‘oliblari
Feruza Shodmonova, Jahon tillari universiteti 2-kurs talabasi
O‘skinov Ma’ruf, Jahon tillari universiteti 2-kurs talabasi
Maftuna Rahmatova, Buxoro Davlat universiteti 4-kurs talabasi (eng ko‘p layk olgan qatnashchi)

Shveytsariya elchixonasi sovrini g‘oliblari
Yo‘ldoshbek Saidov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 4-kurs talabasi
Muxlisa Qo‘chqorova, Jahon tillari universiteti 3-kurs talabasi
Leyla Sobirova, O‘zbekiston Milliy universiteti 2-kurs talabasi

Toshkent fransuz alyansi sovrini g‘olibi
Humoyun Boboev, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 3-kurs talabasi

publie le 26/09/2019

hautdepage