Tez kunlarda Fransuz alyansi o‘z faoliyatini boshlaydi

Toshkent fransuz alyansi kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, o‘z guvohnomasiga ega bo‘ldi. Alyans sobiq Fransuz instituti binosi – Zulfiyaxonim ko‘chasi 112-uyda joylashadi va yaqin kunlar ichida o‘z faoliyatini boshlaydi.

Alyansning fransuz tili kurslariga yozilishning boshlanishi saytimizda e’lon qilinadi. Saytimiz yangiliklaridan muntazam tarzda xabardor bo‘lib turing.

publie le 27/05/2015

hautdepage