To‘rtinchi yozgi maktabning yopilish marosimi [fr] [ru]

20-iyun kuni Buxoro Davlat universitetida Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi ta‘lim sohasidagi hamkorlik dasturi doirasida tashkil etilgan to‘rtinchi yozgi maktabning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ta‘lim sohasida hamkorlik bo‘yicha attashe Sofi Gindt xonim o‘z nutqida bunday tadbirlarning katta ahamiyatga egaligi va Fransiya elchixonasining O‘zbekistondagi universitetlar va maktablar bilan hamkorlikda ularni yana tashkil etishga tayyorligini alohida ta‘kidladi. Attashe Fransiya elchixonasi nomidan Buxoro davlat universiteti kutubxona fondini boyitish uchun kitoblar va o‘quv qo‘llanmalari taqdim etdi.

Fransiya elchixonasi Buxoro davlat universitetining tashkiliy guruhiga samimiy qabul va yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildiradi. Barcha viloyatlardan kelgan 120 nafar o‘qituvchilar darslarning sifatini va samaradorligini yuksak baholashdi va orttirilgan ko‘nikmalarni kelgusi darslarini tashkil qilishda juda foydali bo’lishini ta‘kidlab o‘tishdi. Seminar ishtirokchilari Buxoroning tarixiy obidalari bilan tanishib, ularning go’zalligidan yana bir bora bahramand bo‘lishdi.

Fransiya elchixonasi yozgi maktab munosabati bilan, Buxoro viloyati ma‘muriyati vakillari va seminar qatnashchilarini «Bukhara Tower» restoraniga taklif qildi. Ushbu restoranning 24-mart kuni bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida Fransiya elchisi ishtirok etgan edi.

publie le 24/06/2019

hautdepage