To‘rtta o‘quv seminari (17-27-aprel 2018) [fr] [ru]

Fransuz tili ta’limi bo‘yicha hamkorlik doirasida Fransiya elchixonasining madaniy va texnik hamkorlik bo‘limi 17-27-aprel kunlari Toshkent fransuz alyansida, Samarqand Davlat chet tillar institutida hamda G‘ijduvon tumanidagi 62-son ixtisoslashtirilgan davlat umuta’lim maktab-internatida to‘rtta o‘quv seminari tashkil etdi. Seminarlarda O‘zbekistondagi o‘rta maktablar, litsey-kollejlar hamda oliy ta’lim muassasalaridan 120 nafar fransuz tili o‘qituvchilari o‘z malakasini oshirishdi.

Til va ta’lim sohasida Fransiya-O‘zbekiston hamkorligi samarasi o‘laroq tashkil etilgan navbatdagi seminarlardan ko‘zda tutilgan maqsad o‘qituvchilar bilimini oshirish, ularni zamonaviy pedagogik metodlardan xabardor qilishdir. Seminarlarni fransuz tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis An-Mari Polo olib bordi.

publie le 30/04/2018

hautdepage