Tomonlar Konferensiyasi 21 / Parij 2015

Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Iqlim o‘zgarishi chegaradosh konvensiyasiga a’zo davlatlarning 19-Tomonlar Konferensiyasi (COP19) paytida 2015-yilgi 21-Tomonlar Konferensiyasi (COP21) Fransiyada bo‘lib o‘tishi rasmiy e’lon qilingan edi.

Bir paytning o‘zida «Parij 2015» deb atalayotgan COP21, Fransiya hududida o‘tkazilayotgan eng yirik xalqaro anjuman bo‘ladi.

Shu munosabat bilan Fransiya oldiga quyidagi g‘oyatda muhim vazifalar qo‘yiladi:

  • Mezbon mamlakat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligi ostida ikki hafta davomida minglab delegatlar va kuzatuvchilarni eng qulay shart-sharoitlarda kutib olish;
  • Tomonlar Konferensiyasi raisligi vazifasini bajaruvchi davlat sifatida muzokarachi tomonlar o‘rtasida o‘zaro ishonch muhitini yaratish, nuqtai nazarlarni umumlashtirish, yakdillik bilan o‘zaro kelishuvga kelinishini ta’minlash.

JPEG

Misli ko‘rilmagan ko‘lamdagi Tomonlar Konferensiyasi

Mazkur Konferensiya nihoyatda muhim mavqega ega, zero unda Yer harorati ko‘tarilishining 2°C dan oshib ketmasligini ta’minlovchi xalqaro bitimga kelib olinishi lozim.

Lima shahrida bo‘lib o‘tgan COP20 ishlari asosida 2015-yil dekabr oyiga mo‘ljallangan anjumanda bir qator qarorlar qabul qilinishi kerak.

Avvalambor, iqlim o‘zgarib ketishi oldini olish yo‘lida juda ulkan va majburiy bo‘lmish ushbu kelishuv shartlariga barcha davlatlar amal qilishi lozim bo‘ladi.

Shuningdek, har bir davlatning o‘z oldiga qo‘yishi lozim bo‘lgan va amalga oshira oladigan milliy hissasi (INDC) aniqlashtirib olinishi zarur. Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashni moliyalashtirish ham eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada birinchi bosqich amalga oshirildi, ya’ni Yashil fond jamg‘armasiga 9,3 milliard dollar pul yig‘ildi, uning 1 milliardi Fransiya hissasidir. Bundan tashqari milliy miqyosdagi tashabbuslarni, ya’ni mahalliy muassasalar, jamoatchilik tashkilotlari va korxonalar safarbarligini, ularning bu ishga qo‘shadigan hissalarini ham hisobga olish kerak.

Darhaqiqat, Fransiyaning ushbu anjumandagi bo‘lg‘usi raisligi Parij 2015 uchun yechimlar kundaligini qo‘llab-quvvatlashga turtki bo‘ldi. Bunda hukumatlar, mahalliy idoralar, nodavlat tashkilotlar tomonidan mahalliy miqyosda olib boriladigan va zararli gazlarning havoga chiqarilishini kamaytirish, iqlim buzilishi oqibatlariga moslashish, bu jarayonlarni moliyalashtirish kabi davlat majburiyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi xalqaro bitimga qo‘shimcha tashabbuslar ko‘zda tutiladi. Ushbu yechimlar kundaligi amaliy ishlar, sanoatda kam uglerod ishlatish sohasidagi bilimlar va ilg‘or texnologiyalar yuzasidan fikr almashinuviga asoslanadi.

Batafsil ma’lumotlar uchun (fransuz tilida):

Le site internet de la COP21
La COP21 sur Youtube
Rubrique « Climat » sur le site du ministère des Affaires étrangères et du Développement international
Actualités 2014 liées au dérèglement climatique

publie le 06/01/2016

hautdepage