Toshkent Davlat yuridik universitetida Yevropa Ittifoqi huquqi haqida ma’ruzalar (2015-yil 24-26-noyabr)

Tuluz 1 – Kapitoliy universitetida davlat huquqi bo‘yicha mutaxassis professor Mark Blanke 24-26-noyabr kunlari Toshkent Davlat yuridik universitetida Yevropa Ittifoqi huquqi haqida ma’ruzalar qildi.

Ma’ruzalar doirasida professor Blanke Yuridik universiteti o‘qituvchilari bilan Fransiyada huquqshunoslik o‘qitilishi borasida suhbatlashdi hamda universitet rektori qabulida bo‘ldi. Rektor bilan muloqot chog‘ida kelgusidagi o‘zaro hamkorlik loyihalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Eslatib o‘tamiz, bu ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida joriy yilning fevral oyida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi.

JPEG - 163.9 ko
Tuluz 1 – Kapitoliy universitetida davlat huquqi bo‘yicha mutaxassis professor Mark Blanke (chapda)

publie le 27/11/2015

hautdepage