Toshkent fransuz alyansi ochilishi munosabati bilan matbuot anjumani

Toshkent fransuz alyansi (AFT) ochilishi munosabati bilan 3-iyun kuni AFT Raisi Shoazim Minovarov matbuot anjumani o‘tkazdi. Matbuot anjumanida AFT Faxriy raisi, Fransiya elchisi Jak-Anri Els janoblari ishtirok etdi. AFT binosida (Zulfiyaxonim ko‘chasi 112-uy) bo‘lib o‘tgan anjumanda o‘ttizga yaqin jurnalistlar qatnashishdi.

Anjumanda, shuningdek, «Adieu aux contes de fées» (Ertaklar bilan xayrlashuv) nomli yangi kitob taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Erkin A’zam qalamiga mansub asarlar saylanmasi bo‘lmish mazkur kitob O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasining bevosita ko‘magi bilan fransuz tiliga o‘girilib, Parij shahrida nashr etilgan. Tarjima muallifi Shoazim Minovarov.

L'écrivain ouzbek Erkin Azam

Batafsil ma’lumot uchun: www.ambafrance-uz.org/Toshkent-fransuz-alyansi-o-z

publie le 17/07/2015

hautdepage