Toshkent fransuz alyansida «ARTE» telekanalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan hujjatli filmi namoyishi [fr] [ru]

Xabaringiz bor, «ARTE» telekanali «Ipak yo‘li va boshqa mo‘jizalar» nomli hujjatli filmning uch qismini O‘zbekistonda suratga olgan edi. Yaqinda ushbu qismlar telekanal orqali namoyish etilib, fransiyalik va germaniyalik 350-400 ming tomoshabin Buyuk ipak yo‘lida joylashgan afsonaviy shaharlar haqida, ularning sir-asrorlari, tarixiyu asotirlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Fransiya elchixonasi, Toshkent fransuz alyansi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi birgalikda sizni ushbu hujjatli film namoyishiga taklif etadi.

Film namoyishi Toshkent fransuz alyansida (Zulfiyaxonim ko‘chasi, 112-uy), 21-fevral kuni soat 18.30 da bo‘lib o‘tadi. Film fransuz tilida va rus tilida subtitrlari bilan namoyish etiladi. Har bir qismi 20 daqiqa davom etadi.

Tomoshabin ushbu hujjatli filmda reportyor Alfred de Monteskiu hamrohligida Marko Polo yurgan yo‘llardan qayta sayohat qilib, mahalliy xalqlar va madaniyatlar bilan oshno bo‘ladi.

Tarixchiyu rassomlar bilan suhbatlar yoki an’anaviy qog‘oz ishlab chiqarish va kulolchilik ustaxonalariga tashriflar orasida XIV asr karvon yo‘llaridagi xalqlar olamiga shunday sho‘ng‘ingki Buxoro, Samaraqand, Toshkentu Farg‘ona vodiysi shaharlaridan siz bilmagan hech bir sir-asror qolmasin!

PNG

publie le 28/02/2018

hautdepage