Toshkent fransuz alyansida «ARTE» telekanalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan hujjatli filmi namoyishi «Ipak yo‘li va boshqa mo‘jizalar» [fr] [ru]

«Ipak yo‘li va boshqa mo‘jizalar» hujjatli filmining O‘zbekistonda suratga olingan qismlari namoyishi 21-fevral kuni Toshkent fransuz alyansida bo‘lib o‘tdi. Namoyishda Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Shohruh Shorahmetov hamda ko‘plab tomoshabinlar ishtirok etishdi.

Tomoshabinlar reportyor Alfred de Monteskiuning qiziqarli hikoyalaridan zavqlangan holda Samarqand, Buxoro, Toshkent, Fag‘ona vodiysi manzaralaridan bahra olish imkoniga ega bo‘lishdi. Hujjatli film yaratilishidan ko‘zlangan maqsad sayohatdan ko‘ra ko‘proq uchrashuv bo‘lganligi bois, film olinishida qiyofalar va urf-odatlar kino guruhining diqqat markazida bo‘ldi. Shu tariqa Alyansdagi tomoshabinlar mahalliy mutaxassislar, sotuvchilar, oddiy insonlar nigohida O‘zbekistonni qayta kashf etishdi, yevropalik sayyoh duch kelishi mumkin bo‘lgan qiziqarli vaziyatlardan samimiy tabassum qilishdi.

Mazkur tadbir OAV sohasida jadal rivojlanib borayotgan hamkorlikning yorqin in’ikosidir. Xorijlik jurnalistlar tashrifining yengillashtirilishi mamlakat hayotini tarixiy obidalar go‘zalligi, zamonaviy yangilanishlari bilan asliday aks ettirish imkonini ochib beradi. Film namoyishi o‘zbek jurnalistlari malakasini oshirish loyihalarini Fransiya qo‘llab-quvvatlab kelishini yana bir bor namoyn etdi. Jumladan, shu sohada NAESMI va O‘zbekiston 24 kanallari bilan hamkorliklar buning yorqin misolidir.

Mamlakatning jurnalistlar uchun ochiqligi Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishdagi bir qadam xolos. «ARTE» telekanali ushbu hujjatli filmini o‘z efirida namoyish etib, fransiyalik va germaniyalik 300 mingdan ortiq tomoshabinga Samarqand Registoni va Toshkentning Chorsu bozoriga bilvosita sayohat qilish imkonini yaratdi. O‘zbek hukumatining sayyohlikni rivojlantirish sohasidagi harakatlari, vizalar olish, ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarining yengillashtirilishi, transport tizimining mukammallashtirilishi, biletlarni internet orqali xarid qilish tizimining yo‘lga qo‘yilishi, soha mutaxassislarining malakasini oshirish va boshqa hatti-harakatlar mamlakatga sayyohlarni ko‘proq jalb qilish yo‘lida qilinayotgan xayrli ishlardir.

Shuningdek, poytaxtda va keyinchalik Buxoro va Samarqanddagi bo‘lg‘usi filiallarida gidlar uchun maxsus kurslar tashkil etishni rejalashtirgan Toshkent fransuz alyansi ham O‘zbekistonda sayyohlikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Shu o‘rinda ushbu hujjatli film bo‘lg‘usi gidlarga fransuz sayyohlarining qiziqishlari borasida ma’lumotlar berishni alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Fransiya elchixonasi, Toshkent fransuz alyansi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tadbirning barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini izhor qilgan holda, keyingi tadbirlarda yana qayta ko‘rishishdan umidvor bo‘lib qoladi.

publie le 13/03/2018

hautdepage