Toshkent fransuz alyansida Abdulvohid Karimov ko‘rgazmasi: 29-aprel – 15-may [fr] [ru]

29-aprel kuni Toshkent fransuz alyansida usta kulol, rassom va ta’mirchi Abdulvohid Karimovning «Aks» deb nomlangan kulolchilik buyumlari mualliflik ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim ishtirok etdi.

Asli Buxoro viloyatining Kogon shahridan bo‘lmish Abdulvohid Buxoriy asarlari bir qator ko‘rgazmalarda, jumladanToshkent va Buxorodagi san’at muzeylarida, O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida namoyish etilgan. Usta kulol Farg‘ona vodiysida hamda Surxondaryo viloyatida bir nechta arxeologik qazishmalarda ishtirok etgan, qazishmalarda topilgan buyumlar unga yangi asarlar yaratishda ilhom baxsh etgan. Abdulvohid Buxoriy XX asr boshlarida deyarli yo‘qolib ketgan Buxoro kulolchiligini qayta tiklashda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan ishqoriy hamda oq fonli keramika uslublarini alohida ta’kidlash joyiz. Shu bilan birga uning o‘ziga xos uslubi asarlaridagi xattotlik yozuvlari bo‘lib, ularga ilohiy bir fusun berib turadi. An’ana va hozirgi zamon, iqtidor va ijodiy izlanishlar mahorat bilan aks ettirilgan Abdulvohid Buxoriy asarlari ko‘rgazmasi 15-maygacha davom etadi.
Fransiya elchisi ko‘rgazmani ochib berar ekan, usta kulol Buxoriyga va Toshkent fransuz alyansiga o‘z minnatdorchiligin izhor etdi. Mazkur hamkorlik loyihasi Fransuz alyansida tashkil etilishi ko‘zda tutilayotgan ko‘rgazma va tadbirlar turkumini ochib berdi.

publie le 04/10/2017

hautdepage