Toshkent fransuz alyansida “Ertangi kun” hujjatli filmi namoyishi [fr] [ru]

26-yanvar kuni Toshkent fransuz alyansida Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) ko‘magida Siril Dion va Melani Loran tomonidan suratga olingan 2016-yilda hujjatli filmlar nominatsiyasida Sezar mukofotiga loyiq ko‘rilgan “Ertangi kun” hujjatli filmi O‘zbekistonda ilk bor namoyish etildi. Film tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Film namoyishidan oldin Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor xonim va FTAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Rafael Jozanlar tomoshabinlarga film borasida qisqacha ma’lumot berishdi.

Namoyishdan so‘ng esa Rafael Jozan va tomoshabinlar o‘rtasida munozara bo‘lib o‘tdi. Munozara asosan qishloq xo‘jaligi, energetika, iqtisodiyot, demokratiya va ta’lim sohalarida uchraydigan muammolarga nisbatan yosh avlodning mas’uliyatini kuchaytirish mavzusida bo‘ldi.

Barcha tomoshabinlarga ishtiroklari uchun hamda ertangi kunga nisbatan befarq emasliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

publie le 12/04/2017

hautdepage