Toshkent fransuz alyansida Rafael Enaliyevning eski xaritalar va badiiy ramkalar ko‘rgazmasi ochilishi [fr] [ru]

Fransiya elchisi Violen de Vilmor 17-may kuni Toshkent fransuz alyansi direktori Dilshod Ahmedov bilan birga Rafael Enaliyevning eski xaritalar va badiiy ramkalar ko‘rgazmasini ochib berdi. Mazkur ko‘rgazmada ramkachi usta Rafael Enaliyevning 25 yil davomida turli mamlakatlarda sayohatlari chog‘ida yiqqan kolleksiyasi va ularga ishlagan ramkalari namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan Yevropa va Osiyo xaritalari XIX va XX asrlarga taalluqli bo‘lib, osori atiqalarga qiziquvchilar, tarix va madaniy meros shaydolari orasida katta qiziqish uyg‘otishi tabiiy.

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan xaritalarning o‘ziga xosligi shundaki, ularning har biri o‘z tarixiga ega. Ularning barchasi asl nusxada bo‘lib, ba’zilari bugungi kunda yagona nusxada saqlanib qolgan xaritalardir.

Toshkent fransuz alyansi sizni 2017-yil 12-iyungacha davom etadigan ushbu ajoyib ko‘rgazmaga taklif qiladi.

publie le 22/05/2017

hautdepage