Toshkent fransuz alyansida «Sharq yo‘llarida» deb nomlangan modalar ko‘rgazmasi [fr] [ru]

Joriy yilning 7-mart kuni Toshkent fransuz alyansida Samarqanddagi «Happy Bird» galereyasining «Sharq yo‘llarida» deb nomlangan modalar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ushbu tadbir Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida moda va dizayn sohasida amalga oshirib kelinayotgan hamkorlik an’analari sirasiga kiradi.

Kolleksiya «Happy Bird» galereyasi direktori, dizayner Elena Ladik tomonidan tayyorlangan moda defilesi tarzida taqdim etildi. Ko‘rgazma ochilishida Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim, «Caravan» restoranlar guruhi raisi Natalya Musina hamda Toshkent fransuz alyansi direktori Dilshod Ahmedovlar qatnashdi.

To‘qimachilik sohasida fransuz-o‘zbek hamkorlik aloqalari ko‘p yillardan beri davom etib kelmoqda. Toshkentdagi «Ideal Garments» kompaniyasi dizaynerlari, Farg‘onadagi «Yodgorlik» fabrikasi, «Sharq liboslari» dizayn markazi, Toshkent yengil sanoat va to‘qimachilik instituti Fransiyadagi bir qator professional muassasalar bilan hamkorlik qilib kelishmoqda. O‘tgan yilning kuz oylarida Liondagi La Martinyer Didro kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari Toshkent modalar haftaligida ishtirok etishdi. Kuni kecha Fransiya elchisi Buxorodagi «Bukhara Brilliant Silk» fabrikasini borib ko‘rdi. Ushbu fabrika direktori fransuz korxonalari bilan hamkorlik o‘rnatish niyatida ekanligini bildirdi.

publie le 18/05/2018

hautdepage