Toshkent fransuz alyansida «Yevro-diktant» [ru]

Fransiyada 10-iyundan 10-iyulgacha bo‘lib o‘tayotgan Yevro-2016 munosabati bilan Toshkent fransuz alyansi va Fransiya elchixonasi birgalikda «Yevro-diktant» tashkil etishdi.

Chempionatning ochilish kuni 10-iyunda AFT binosida o‘tkazilgan ushbu tadbirda Fransiya elchisi Jak-Anri Els janoblari fransuz yozuvchisi Fransua Begodo romanidan olingan bir parchani o‘qib berdi. Diktantda 30 nafar talaba ishtirok etdi. Barcha ishtirokchilarga Fransiya bayrog‘i tasviri tushirilgan futbolkalar taqdim etildi. 5 nafar g‘olibga Yevro-2016 rasmiy ramzi tushirilgan futbol to‘plari sovg‘a qilindi. Fransiya elchixonasi g‘oliblarni qutlaydi.

Les lauréats de l'EURO-dictée

publie le 29/07/2016

hautdepage