Toshkent fransuz alyansida Yuliya Drobova ko‘rgazmasining ochilishi, 7-sentabr 18:30 [fr] [ru]

Ikkinchi yarim yillik madaniy tadbirlari dasturi doirasida Toshkent fransuz alyansida 7-sentabr kuni rassom Yuliya Drobovaning «Grafik asarlar va mozaika» deb nomlanuvchi ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

2011-yil Fransiya elchixonasi stipendiyasi bilan uch oy davomida Parijdagi Xalqaro tasviriy san‘at markazida o‘z malakasini oshirib kelgan Yuliya Drobovaning ilk shaxsiy ko‘rgazmasi o’sha yilning o‘zida O‘zbekistondagi Fransiya institutida bo‘lib o‘tgan edi.

Bu safargi ko‘rgazma san’atkorning uchinchi ko‘rgazmasi hisoblanib, unda mozaika, mayolika, monoxrom kabi xilma-xil tasviriy san’at texnikalaridan foydalangan holda yaratilgan yangi asarlar jamlanmasi taqdim etiladi.

Ko‘rgazma 7-sentabrdan 18-sentabrgacha davom etadi.

Manzil: Toshkent fransuz alyansi, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 112-uy. Tel.: (+998 71) 244-94-08/09

JPEG

publie le 06/09/2017

hautdepage