Toshkent fransuz alyansida ochiq eshiklar kuni

Toshkent fransuz alyansi (AFT) raisi Shoazim Minovarov hamda alyans direktori Yuliya Mrachkovskaya taklifiga binoan Fransiya elchisi Jak-Anri Els janoblari 11 sentabr kuni AFT ochiq eshiklar kunida ishtirok etdi. Ushbu tadbirda jamoatchilik alyans faoliyati va o‘z oldiga qo‘ygan loyihalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Janob Minovarov va Shveytsariya elchisi janob Stefan Kloetzli bilan birgalikda ushbu tadbirni ochib bergan elchi Els yaqindagina o‘z faoliyatini boshlagan ushbu muassasaning fransuz tili va madaniyatini targ‘ib etishdagi mavqeyi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Tadbirda ishtirok etganlar alyans binosini tomosha qilish, ochiq darslarda ishtirok etish, Fransiyada ta’lim olish to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tadbir doirasida o‘zbek rassomi Jamol Usmonovning Parij shahridagi Xalqaro san’at shaharchasida istiqomat qilgan paytida yaratgan tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasi, «Zlotnikov Dance Center» rahbari Sergey Zlotnikov tomonidan xip-xop bo‘yicha mahorat darsi, AFT o‘quvchilari tayyorlashgan o‘zbek raqslari va fransuz ashulalaridan iborat konsert kabi madaniy dasturlar mehmonlar e’tiboriga havola qilindi.

Tadbirda olingan fotosuratlarmizni tomosha qiling:

publie le 02/10/2015

hautdepage