Toshkent fransuz alyansida turizmni rivojlantirish mavzusida ma’ruza [fr] [ru]

« Atout France » agentligining Rossiya va MDH bo‘yicha direktori Inessa Korotkova tashrifi munosabati bilan 14-aprel kuni soat 18.00 da Toshkent fransuz alyansida uchrashuv tashkil etiladi.

Butun dunyo bo‘ylab 1 200 dan ortiq hamkorlar bilan hamkorlik qiluvchi mazkur agentlik turizm sohasida xilma-xil jabhalarda ish olib boradi.

Toshkent fransuz alyansida bo‘lib o‘tadigan mazkur uchrashuvda I. Korotkova Fransiyaning sayyohlarni qabul qilish salohiyati hamda uning sayyohlikni rivojlantirish va targ‘ib qilish strategiyalari haqida ma’ruza qiladi.

Sayyohlik agentliklari vakillari, turizm sohasi professionallari hamda barcha qiziquvchilarni ushbu tadbirga taklif etamiz.

«Atout France» haqida batafsil ma’lumotlarni agentlik saytidan olishingiz, shuningdek, uning Youtube kanalidantomosha qilishingiz mumkin.
Fransiyada 2017-yil o‘tkaziladigan xalqaro miqyosdagi tadbirlar.

publie le 30/03/2017

hautdepage