Toshkent fransuz alyansi (AFT)

Tarixda ilk Fransuz alyansi Parij shahrida Jul Vern, Lui Paster kabi ziyolilar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Shu tariqa, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham fransuz tili va madaniyati ishtiyoqmandlari tomonidan Fransuz alyanslari ochila boshlandi. Elchixona qoshida tashkil etiladigan Fransuz institutlaridan farqli o‘laroq, Fransuz alyanslari mahalliy qonunchilik asosida ta’sis etiladi. Bugungi kunda dunyoning beshta mintaqasidagi 137 mamlakatda 800 dan ortiq Fransuz alyanslari faoliyat yuritmoqda.

Toshkent fransuz alyansi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, o‘z guvohnomasiga ega bo‘ldi. Alyans sobiq Fransuz instituti binosi – Zulfiyaxonim ko‘chasi 112-uyda joylashdi.

Joriy yilning 7-noyabr kuni Fransiya va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolangan hukumatlararo bitim asosida ta’sis etilgan Toshkent fransuz alyansi fransuz-o‘zbek madaniy va til hamkorligida muhim mavqega ega.

publie le 14/10/2015

hautdepage