Toshkentda 11-noyabr marosimi [fr] [ru]

Birinchi jahon urushi tugaganligi munosabati bilan nishonlanadigan Sulh kunining 100-yilligiga bag‘ishlangan marosim bu yil Fransiya elchixonasida ko‘plab mehmonlar ishtirokida bo’lib o’tdi.

Fransiya elchisi o‘z nutqida Fransiya Respublikasi Prezidentining Parij tinchlik forumini o‘tkazish tashabbusini ta’kidladi. 1918-yilgi sulh saboqlarini eslatuvchi bu forum mamlakatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf qilish, Ikkinchi jahon urushiga olib kelgan kuchlarning to‘qnashuvini oldini olish va hech qaysi davlat yolg‘iz hal qila olmaydigan iqlim o‘zgarishi, terrorizm, kiberxavfsizlik kabi global muammolarga yechim topish uchun xalqaro va ko‘p tomonlama muloqotning ahamiyatiga urg‘u beradi.

Turli millatlarga mansub to‘rt nafar o‘quvchi matnlarni o‘qib, bu tinchlik maktubiga ramziy ma’no berdi. Marosim bu yil O‘zbekiston Milliy gvardiyasi orkestrining ijrosi bilan boyitildi.

Cérémonie du 11 novembre à Tachkent
Cérémonie du 11 novembre à Tachkent
Cérémonie du 11 novembre à Tachkent
Cérémonie du 11 novembre à Tachkent
Cérémonie du 11 novembre à Tachkent
Cérémonie du 11 novembre à Tachkent
Cérémonie du 11 novembre à Tachkent

publie le 20/02/2019

hautdepage