Toshkentda Birinchi jahon urushi qurbonlarini xotirlash

15-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida « Milod bayrami muborak » nomli film namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu badiiy filmga Birinchi jahon urushi paytida chinakam bo‘lib o‘tgan va tarixga «1914-yil milod sulhi» nomi bilan kirgan voqealar asos qilib olingan.

Yevropa davlatlari 2014-yil davomida nishonlashgan Birinchi jahon urushining 100 yilligini xotirlash tadbirlari sirasiga kiruvchi ushbu namoyish Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya elchixonalari tomonidan "O‘zbekkino" milliy agentligi ko‘magida amalga oshirildi.

Filmda 1914-yil milod bayrami arafasida bo‘lib o‘tgan voqealar tasvirlangan. G‘arbiy frontning chekka bir qismida janglar oqibatida sillasi qurigan nemis, fransuz va ingliz askarlari kutilmaganda qurol-aslahalarini tashlab, bir-birlarini birodarlarcha bayram bilan tabriklashga tushishadi.

«Milod bayrami muborak» filmi beshta Yevropa davlati: Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Ruminiya kino arboblari tomonidan suratga olingan. Film 2006-yili Oskar (eng yaxshi xorijiy film nominatsiyasi bo‘yicha), Sezar, BAFTA (Britaniya kino va tyelyevizion san’at akadyemiyasi) mukofotlariga nomzod bo‘lgan. Shuningdek, 2005-yil Buyuk Britaniya va Ispaniyada bir qator festivallarda nufuzli sovrinlar g‘olibi bo‘lgan.

JPEG

publie le 26/01/2015

hautdepage