Toshkentda Frankofoniya bayrami (2015-yil 17-mart)

Xalqaro Frankofoniya tashkilotiga (XFT) a’zo va kuzatuvchi davlatlarning Toshkentdagi elchixona va vakolatxonalari joriy yilning 17-mart kuni birgalikda Frankofoniya bayramini nishonlashadi.

XFT bugungi kunda 80 ta davlat va hukumatni birlashtiradi: ulardan 57 tasi tashkilot a’zosi, 23 tasi kuzatuvchi hisoblanadi. Bu davlatlarning umumiy aholisi 1 milliardni tashkil etadi. Hozirda dunyoning 5 qit’asida 274 million aholi fransuz tilida muloqot qiladi.

XFT bir qator vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan: bular fransuz tilini, shuningdek, madaniyatlar va tillar xilma-xilligini targ‘ib etish, tinchlik, demokratiya, inson huquqlarini, shu bilan birgalikda, ta’lim-tarbiya, oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, barqaror taraqqiyot yo‘lida hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Fransuz tili O‘zbekistondagi ko‘plab ta’lim maskanlarida o‘rganiladi, so‘nggi yillarda frankofon davlatlar oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik rivojlanib bormoqda. O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan fransuz sayyohlari soni ko‘pchilikni tashkil etadi. Demak fransuz tili ulkan muvaffaqiyatlar garovidir!

Bu yili Frankofoniya bayrami O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Bayram Universitetning Madaniyat saroyida 17-mart kuni soat 15.00 da boshlanadi. Jazoyir, Bolgariya, Misr, Fransiya, Gruziya, Chexiya, Ruminiya, Slovakiya, Shveysariya va Ukraina elchixonalari fransuz tili o‘qituvchilari, talabalar va fransuz tili ixlosmandlaridan iborat jamoatchilik e’tiboriga o‘z ko‘rgazmalarini taqdim etishadi.

Bayram davomida Frankofoniya hamda barqaror taraqqiyot mavzularida turli-tuman o‘yinlar va tanlovlar tashkil etiladi, g‘oliblarga xilma-xil sovg‘alar, jumladan, Fransiyaga sayohat qilish uchun ikkita yo‘llanma taqdim etiladi.

Bayramimizga tashrif buyuring!

PDF - 50.1 ko
Dastur, PDF - 50.1 ko
(PDF - 50.1 ko)

JPEG

publie le 19/03/2015

hautdepage