Toshkentda Frankofoniya bayrami

Toshkent shahrida 18-mart kuni tashkil etilgan Frankofoniya bayramida butun Respublikadan tashrif buyurgan fransuz tili o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Do‘stona va samimiy muhitda bo‘lib o‘tgan Frankofoniya bayramida Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Qarshi va Buxorodan tashrif buyurgan 400 dan oshiq talabalar birga yig‘ilishdi.

Bayram doirasida tashkil etilgan turli tanlovlar, shuningdek, Bolgariya, Misr, Fransiya, Gruziya, Chexiya, Ruminiya, Shveysariya va Ukraina elchixonalari taqdim etgan ko‘rgazmalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda ikkinchi bor tashkil etilayotgan ushbu bayramda yaxshi kayfiyat va tabassum hukmronlik qildi.

«O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rganuvchilar uchun videoklip» tanlovida ishtirok etgan toshkentlik, buxorolik va samarqandlik talabalar suratga olgan ishlar asosida montaj qilingan umumiy videoklipni elchixonaning Youtube saytidagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

publie le 20/05/2016

hautdepage