Toshkentda Prezident Makronning "Inqilob" kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi [fr] [ru]

2019-yil 29-aprel kuni Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning “Inqilob” nomli kitobining o‘zbek tilidagi tarjimasi taqdimoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Fransiya elchisi Violen de Vilmor xonim ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ushbu nashr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga 2018-yil oktabridagi rasmiy tashrifi arafasida chop etilgan edi.

Islom madaniyati markazi direktori va Toshkent fransuz alyansi raisi Shoazim Minovarov, Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov, Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektori Botu Alimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Sanjar Valiyev, Ostona shahridan kelgan Fransiya elchixonasi mintaqaviy iqtisodiy maslahatchisi Nikolya Styuder va boshqalar ushbu kitobni taqdim etib, so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotgan Fransiya-O‘zbekiston munosabatlari haqida to‘xtalib o‘tishdi. Tadbirda Akademiyaning ko‘plab tinglovchilari va Toshkentda istiqomat qiluvchi Fransiya vakillari ishtirok etishdi.

Elchi o‘z nutqida, xususan, Fransiya va O‘zbekiston prezidentlarining o‘z mamlakatlarida zarur islohotlarni olib borishda o‘xshash qat’iyligini ta’kidlab o‘tdi.

JPEG - 224.8 ko
Présentation du livre « Révolution » du Président Macron à Tachkent
© ambassade de France en Ouzbékistan

publie le 01/08/2019

hautdepage