Toshkentda Sanofi kompaniyasi tomonidan qalbaki dori vositalari bo‘yicha tashkil qilingan xalqaro konferensiyada elchining ishtiroki [fr] [ru]

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi de Vilmor xonim Toshkentda qalbaki dori vositalariga qarshi kurash bo‘yicha birinchi marta o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada nutq so‘zladi. Tadbirda Farmasevtika sohasini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariev hamda Sanofi kompaniyasining xavfsizlik bo‘yicha rahbari janob Edmond Darviyo ham ishtirok etdi. Sanofi fransuz kompaniyasi bo‘lib, farmasevtika sohasida dunyoda 3-o‘rinda turadi. Elchi qalbaki dori vositalarining salomatlik uchun keltririb chiqaradigan xavf-xatarlarini ta’kidlab o‘tdi, masalan, antibiotik qabul qilayapman deb o‘ylayotgan bemor aslida samarasiz moddani qabul qilishi.

Qalbaki dori vositalari va noqonuniy parallel import qilish import narxlarining arzonligi haqida tasavvur uyg‘otadi, biroq bu orqali qalbaki dori vositalari ishlab chiqarishni osonlashtiradi va qo‘llab-quvvatlaydi. Ayniqsa, parallel importda tashish va saqlash sharoitlariga amal qilinmaydi ; agar kompaniya tomonidan nazorat qilinmaydigan tashish jarayonida biror vaksina muzlatgichdan chiqarilsa, u o‘zining ta’sirini yo‘qotishi, hattoki bemorni xavf ostida qoldirishi yoki sog‘lig‘iga qayta tiklab bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin. Dori vositalarining internet orqali sotilishi va o‘z-o‘zini davolash ham xavfli bo‘lib, tarmoqdagi platformalarda qalbaki dorilarning sotilishini ko‘paytiradi.

Elchi o‘z nutqida Fransiya va Yevropa aholi salomatligini saqlash va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun intellektual mulkni hurmat qilishga alohida e’tibor qaratishini eslatib o‘tdi. Qalbaki dori vositalariga qarshi kurash hukumatlar, farmasevtika kompaniyalari va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni talab qiladi. Ma’lumot uchun, qalbaki mahsulotlarga qarshi kurash va kengroq ma’noda intellektual mulkni hurmat qilish O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi GSP+ va APCR bo‘yicha muzokaralarda muhim yo‘nalishlardan biri hisoblandi.

publie le 05/09/2019

hautdepage