Toshkentda Yevropa filmlari festivali

2015-yil 22-31-may kunlari Yevropa filmlari festivali o‘tkazilayotganligi munosabati bilan Fransiya elchixonasi sizni rejissor Kristian Dyuge tomonidan tasvirga olingan «Japplu» filmi namoyishiga taklif etadi.

Film 24-may kuni soat 19.00 da Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida fransuz tilida ruscha subtitrlar bilan namoyish etiladi. Kirish bepul.

Mazkur festival Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar elchixonalari tomonidan O‘zbekkino davlat agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

JPEG

PNG

publie le 18/05/2015

hautdepage