Toshkentdagi 196-son umumta’lim maktabi: Yashasin fransuz tili! [fr] [ru]

Elchixonaning til va ta’lim hamkorligi attashesi Frederik Viyyom xonim 20-oktabr kuni Toshkent shahridagi 196-son umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

F. Viyomni maktab direktori Nigora Karimova, Olmazor tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi metodisti Farida Nasimjonova hamda maktab direktori muovini, fransuz tili o‘qituvchisi San’at Matkarimovlar kutib olishdi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joyizki, 196-maktab o‘quvchilari 2016-yil davomida Fransiya elchixonasi o‘zbek yoshlari uchun tashkil etib kelgan Frankofoniya bayrami, Yevropa tillar kuni hamda o‘quvchilar va talabalar frankofon teatr festivali kabi bir qator tadbirlarda faol ishtirok etishdi. Frankofon teatr festivalida mazkur maktab o‘quvchilari Rahmat Fayziyning « Sen yetim emassan » asari asosida sahna asari taqdim etishdi va hakamlar hay’atining maxsus sovriniga sazovor bo‘lishdi.

Ushbu o‘quv muassasasida 300 dan ortiq o‘quvchilar fransuz tilini o‘rganishmoqda.

Til va ta’lim hamkorligi attashesi 3-sinf o‘quvchilarining fransuz tili darsini kuzatdi, 7-14 yoshli o‘quvchilar tomonidan taqdim etilgan sahna asarini tomosha qildi, maktab ma’muriy xodimlari hamda fransuz tili o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi.

publie le 24/10/2016

hautdepage