Toshkentdagi Yesenin muzeyida «Shoirlar bahori» festivali

XVIII Shoirlar bahori festivali munosabati bilan Yesenin muzeyi bilan hamkorlikda 10-mart kuni tashkil etilgan nazm kechasi do‘stona va samimiy muhitda bo‘lib o‘tdi.

Kechada yetmishdan oshiq she’riyat muxlislari, talabalar, fransuz tili shaydolari, shuningdek, Viktoriya Osadchenko, Sergey Gordin, Bax Ahmedov kabi mashhur shoirlar qatnashib, fransuz, o‘zbek, rus, polyak va xitoy tillarida o‘zlari yoqtirgan she’rlardan o‘qib berishdi. Kechada mashhur shoira, Axmatova uy-muzeyi direktori Albina Markevich ham ishtirok etdi. Shoirlar bahori festivali Toshkentda Fransiya elchixonasi tomonidan ikkinchi bor o‘tkazildi.

Fransiya elchixonasi ushbu kechani tashkil etishda ko‘magi uchun Yesenin muzeyi direktori o‘rinbosari B. Golenderga minnatdorchilik izhor etadi. Ushbu kecha mart oyida Frankofoniya bayramini nishonlash doirasida Fransiya elchixonasi tomonidan o’tkaziladigan tadbirlarni boshlab berdi.

publie le 20/05/2016

hautdepage