« Total Eren » kompaniyasining O‘zbekistondagi birinchi loyihasi [fr] [ru]

« Total Eren » kompaniyasi O‘zbekistonda o‘zining birinchi loyihasini boshlash uchun elektr energiyasi xaridi bo‘yicha 25 yilga mo‘ljallangan shartnoma hamda hukumat ko‘magi bo‘yicha kelishuv imzoladi. Qurilishi kelgusi 9 oy ichida boshlanadigan, 100 MVatt quvvatga ega quyosh elektrostansiyasi Samarqand viloyatida joylashadi. Elektrostansiya 150 000 kishini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Mazkur loyiha qayta tiklanuvchi energiya sohasida hamda davlat-xususiy sherikchilik asosida amalga oshirilayotgan O‘zbekistondagi dastlabki yirik miqyosli loyiha hisoblanadi.

Elektr energiyasi xaridi bo‘yicha sharnomani imzolash marosimi 2019-yil 13-sentabr kuni Toshkent shahrida, O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida « Total Eren » kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti va xalqaro savdoni rivojlantirish bo‘yicha mas’uli Fabiyen Demol xonim, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafayev hamda « O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari » kompaniyasi raisi Dadajon Isoqulov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Manba

publie le 17/10/2019

hautdepage