Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatdagi seminar [fr] [ru]

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniy va texnik hamkorlik bo‘limi o‘qituvchilar malakasini oshirish borasidagi hamkorlik loyihalari doirasida Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatda Farg‘ona vodiysida faoliyat yurituvchi fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminari tashkil etdi.

Ushbu seminarni o‘tkazish uchun Bezanson shahrining Amaliy tilshunoslik markazidan Fransin Beyssel xonim taklif etildi. Seminar mashg‘ulotlari ta‘lim olishda qulay shart-sharoitlar yaratishga ko‘mak beradigan o‘yinlar amaliyoti, Yevropa Ittifoqining xorijiy tillarni baholash tizimi turli darajalariga muvofiq og‘zaki muloqotni rivojlantirish amaliyoti va multimedia resurslarini fransuz tili darslarida qo‘llash kabi mavzularga bag‘ishlandi.

Seminarning yopilish marosimida ta‘lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha attashe Sofi Jindt xonim ishtirok etdi va seminarda ishtirok etgan 75 nafar o‘qituvchiga sertifikat topshirdi. Sofi Jindt maktab direktori va fransuz tili bo‘limi boshlig‘i bilan fransuz maktab yoki universitetlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Tashrif doirasida attashe Ibrat maktabida Fransiya elchixonasi nomidan o‘quv adabiyotlari sovg‘a qildi.

publie le 04/06/2019

hautdepage