Tur konservatoriyasida orkestr dirijyorligi bo‘yicha o‘qituvchi Dilan Korlayning Toshkentga tashrifi [fr] [ru]

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Fransiya elchixonasi taklifiga binoan Tur konservatoriyasining orkestr dirijyorligi bo‘yicha o‘qituvchisi Dilan Korlay 19-29-aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsad O‘zbekistonda musiqa ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlar loyihasiga ko‘maklashishdan iboratdir. Dilan Korlay orkestr dirijyorligi darslarida ishtirok etdi, mahorat darslari o‘tdi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz mutaxassislari bilan fikr almashdi.

Parijdagi musiqa va raqs oliy konservatoriyasini tugallagan Dilan Korlay orkestr dirijyorligi bo‘yicha Jorma Panula nomidagi nufuzli tanlov g‘olibidir.

JPEG - 67.3 ko
M. Dylan Corlay

publie le 03/05/2016

hautdepage